Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: Osiyo kubogi saralash o‘yinlarining muddati e’lon qilindi
09:55 / 2023-08-31

Ma’lumki, joriy yilning 6-12 sentyabr kunlari poytaxtimiz Toshkentda futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi 2024 yilgi Osiyo kubogining saralash bahslari bo‘lib o‘tadi.

Toshkent shahrida o‘tkaziladigan mazkur bosqich o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida terma jamoa murabbiylar shtabi yig‘inga 31 nafar futbolchini taklif qildi.  

2024 yil Qatarda o‘tadigan U-23 Osiyo kubogining saralash bosqichida ishtirok etadigan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ertaga, 1 sentyabr kuni navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi. Mashg‘ulotlar saralash bosqichi boshlangunga qadar davom etadi.  

Osiyo kubogining saralash bosqichida terma jamoamiz Afg‘oniston, Gonkong va Eron jamoalari bilan g‘oliblik uchun kurash olib boradi.  

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 6 sentyabr kuni o‘tadigan saralash musobaqasining 1-turida Afg‘oniston jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 9 sentyabr kuni bo‘ladigan 2-turda hamyurtlarimiz Gonkong bilan kuch sinashadi. 12 sentyabr kuniga belgilangan o‘yinda vakillarimiz Eron terma jamoasi bilan ro‘baro‘ keladi.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining barcha uchrashuvlari poytaxtimizdagi “Jar” stadionida bo‘lib o‘tadi.  

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA