Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: Osiyo kubogi-2023ning da’vogarlari to‘rtta
10:46 / 2022-07-19

Futbol bo‘yicha 2023 yilgi Osiyo kubogi bahslari qayerda o‘tkazilishi masalasi qit’a futbol olamida eng ko‘p muhokama qilinayotgan bir paytda Avstraliya, Indoneziya, Janubiy Koreya va Qatar mamlakatlari Osiyo futbol konfederatsiyasiga (OFK) mazkur o‘yinlarni qabul qilishga da’vogar ekanliklarini bildirdi.

Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi xabar qildi.

Unda aytilishicha, endi to‘rt mamlakatning futbol assotsiatsiyalari joriy yil 31 avgustga qadar OFKga Osiyo kubogini qabul qilish bo‘yicha o‘z arizalarini topshirishi talab etiladi.

Shundan so‘ng, OFK Ijroiya qo‘mitasi 24 ta milliy assotsiatsiya delegatlari ishtirokida qit’a kubogini qabul qiladigan mamlakatni tanlash va e’lon qilishdan oldin joriy yilning 17 oktyabrida to‘rtta da’vogarning arizalariga umumiy baho beradi.

Shu o‘rinda aytish lozimki, mazkur o‘yinlar aslida kelgusi yilning 16 iyun-16 iyul kunlari Xitoyda o‘tkazilishi kerak edi.  
Biroq, COVID-19 bilan bog‘liq murakkab epidemiologik vaziyat sababli Xitoy hukumati futbol bo‘yicha Osiyo kubogi qatorida bu yil Xanchjou shahrida o‘tishi kerak bo‘lgan yozgi Osiyo o‘yinlari va bir yil kechiktirilgan yozgi Universiada o‘yinlarini qabul qila olmasligini bildirdi.

Qit’a o‘yinlari bir yilga kechiktirilgan bo‘lsa, talabalarning butunjahon universiada o‘yinlari bekor qilindi. Futbol bo‘yicha qit’a kubogi esa vaqtincha “egasiz qoldi”.  

Qit’a yashil maydonlariga haqiqiy futbol bahorini tuhfa etadigan Osiyo kubogiga to‘rt nomzoddan qaysi biri ega chiqishi hozircha noma’lum. Ammo, o‘tgan Osiyo chempionatlari tarixiga razm tashlansa, shu kungacha Avstraliya, Qatar va Janubiy Koreya yashil maydonlarida ushbu tizimdagi millionlar o‘yini o‘tkazilgan.

Indoneziya bu borada "qaldirg‘och" nomzod sanaladi. Shunday bo‘lsa-da, Indoneziyada kelgusi yilning may oyida 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘ratsidagi jahon kubogi bahslari o‘tkazilishini nazarda tutsak, uning qolgan uch nomzoddan hech qanday kam joyi yo‘qligini, imkoniyatlar pallasi tosh bosishda ulardan qolishmasligini ko‘rsatmoqda.

 

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA