Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: olimpiyachilarimiz Mali bilan durang o‘ynadi
11:10 / 2024-06-08

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Olimpiadaga tayyorgarlik doirasida Mali termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.

«Bunyodkor» stadionida tashkil etilgan ushbu o‘yinda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 1:1 hisobida durang qayd etdi. Uchrashuvda vakillarimizdan Alisher Odilov, raqiblardan esa Traore gol urdi.

Endi Temur Kapadze shogirdlari Mali termasi bilan ikkinchi nazorat o‘yinini 10-iyun kuni o‘tkazadi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA