Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FUTBOL: Oʻzbekiston Kubogining yarim final ishtirokchilari maʼlum
09:49 / 2018-09-20

“Qoʻqon-1912” va “Paxtakor”dan keyin “Bunyodkor” hamda AGMK jamoalari ham yarim finalga yoʻllanma oldi.


“Qoʻqon-1912” va “Paxtakor”dan keyin “Bunyodkor” hamda AGMK jamoalari ham yarim finalga yoʻllanma oldi.

Kecha Oʻzbekiston Kubogi chorak finalining soʻnggi ikki oʻyini oʻtkazildi. Bir kun avval “Qoʻqon-1912” jamoasi oʻz maydonida “Neftchi”ni, “Paxtakor” esa “Lokomotiv” jamoasini yengib, yarim finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritishgandi, kecha esa avvaliga “Bunyodkor” jamoasi safarda “Andijon”ni yengan boʻlsa, AGMK oʻz maydonida “Mashʼal”ni qiyinchilik bilan, qoʻshimcha vaqtlardagina magʻlubiyatga uchratib, yarim final ishtirokchilari qatoriga qoʻshildi.

Andijondagi oʻyin taqdiri birinchi boʻlimda hal boʻlgandi. Jamoa bosh murabbiyi, yaqin oʻtmishning yulduzi Mirjalol Qosimovning farzandi Mirjamol 14-daqiqadayoq hisobni ochgandi, koʻp oʻtmay Shahzod Nurmatov hisobni ikkita farqqa oshirdi. Maydon egalari shunda ham “taslim boʻlishni” istashmadi va oxirigacha kurashishdi. Oqibatda birinchi boʻlim yakunida Davron Isoqov hisobni qisqartirishga erishdi. Lekin ikkinchi boʻlimda bundan ortigʻiga mezbonlarning kuchi yetmadi, poytaxtliklar ham maydon egalarini ortiqcha “xafa qilishni” istamadi. 

Ikkinchi oʻyin ancha qiziq boʻldi. “Mashʼal” safarda toʻp surishiga, buning ustiga quyi liga vakili boʻlishiga qaramay AGMKni “taʼzirini” berib qoʻyishga bir baxya qoldi. Vaholanki, hisobni birinchi boʻlib aynan muborakliklar ochishgandi, mezbonlar esa uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida arang hisobni tenglashtirishga muvaffaq boʻlishdi. Bosh hakam qoʻshib bergan vaqtda “Mashʼal” Pro-liga vakili ekanligini “isbotlab qoʻydi” – futbolchilarda jismonan charchoq alomatlari sezildi, texnika va taktika borasidagi shijoat ham ancha susaydi. Natijada maydon egalari “otga qamchi” bosishdi. Avvaliga Vladimir Bubunya, toʻrtinchi boʻlimning qoʻshimcha daqiqalarida esa Jasur Hasanov toʻp kiritib, AGMKga ishonchli gʻalabani tuhfa etdi.
Shu tariqa “Qoʻqon-1912” va “Paxtakor”dan keyin “Bunyodkor” hamda AGMK jamoalari ham yarim finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

Oʻzbekiston Kubogi. 1/4 final. 

“ANDIJON” – “BUNYODKOR” - 1:2

Andijon. “Sogʻlom avlod” stadioni. 7300 tomoshabin.

Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, Gʻayrat Joʻrayev.

“Andijon”: Nikita Ribkin, Xushnud Avilov, Ibrohim Otaxonov (Qadamboy Nurmetov, 74), Shahboz Jumaboyev (Sunnatilla Abdullajonov, 55), Sunnatilla Mamadaliyev, Davron Isoqov, Nodir Kamolov, Davron Mamatov, Ildar Mamatkazin, Laziz Ubaydullayev, Farhod Bekmurotov.

“Bunyodkor”: Murod Zuxurov, Rustam Ashurmatov, Akram Komilov, Dilshod Joʻrayev, Javlon Ibrohimov, Shahzod Nurmatov (Filip Rayevas, 82), Murod Toshmatov (Mirjahon Mirahmadov, 90+4), Sardor Sobirxoʻjayev, Mirgʻiyos Sulaymonov (Sanjar Qodirqulov, 90), Xurshid Gʻiyosov (Dilshod Ahmadaliyev, 79), Mirjamol Qosimov (Abdulla Abdullayev, 76). 

Gollar: D.Isoqov (40) - M. Qosimov (14), Sh.Nurmatov (26).

Ogohlantirishlar: F.Bekmurotov (28), D.Mamatov (90+4) - Mirgʻiyos Sulaymonov (85). 

AGMK – “MASHʼAL” - 3:1 

Olmaliq. OTMK stadioni. 1812 tomoshabin. 

Hakamlar: Asker Najafaliyev, Baxtiyorxoʻja Shavkatov, Avazbek Abdullayev, Sultonmurod Abdurahmonov.

AGMK: Roman Abdulov, Azamat Isroilov (Oybek Qilichev, 76), Muzaffar Muzaffarov, Shoxnazar Norbekov (Zafar Polvonov, 57), Jasur Hasanov, Zohir Pirimov (Jamshid Hasano, 53), Vladimir Bubanya, Kamoliddin Murzoyev (Javlon Guseynov, 86), Vladislav Kasminin, Yovan Jokich, Alisher Samatov.

“Mashʼal“: Rahimjon Davronov, Sardor Rahmonov, Shoxjahon Qilichev, Sardor Abduraimov (Vohid Shodiyev, 112), Abdulloh Olimov, Humoyun Murtazoyev (Shahzodbek Ubaydullayev, 66), Jamoliddin Ubaydullayev, Abbos Shodmonov, Iskandar Shoyqulov (Husniddin Aliqulov, 83), Akrom Bahriddinov (Sanjar Rihsiboyev, 85), Sirojiddin Qoʻziyev (Ahrorjon Inoyatov, 75).

Gollar: K.Murzoyev (79), V.Bubanya (112), J.Hasanov (120+2) - H.Murtazoyev (55).

Ogohlantirishlar: A.Samatov (90+3), V.Kasminin (95). - S.Abduraimov (55)

Xabaringiz bor, Kubokning yarim final oʻyinlari 27-28-sentabr kunlariga belgilangan. Shu munosabat bilan bugun “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladigan “Gol” koʻrsatuvi vaqtida yarim final oʻyinlariga qurʼa tashlanadi.. Koʻrsatuv soat 19:40 da boshlanadi.