Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FUTBOL: “Navbahor” uchun magʻlubiyatga, “Metallurg” uchun esa gʻalabaga teng durang
10:34 / 2018-09-24

Mamlakat Pepsi Superligasi ikkinchi bosqich 24-tur oʻyinlarida deyarli kutilmagan natijalar yuz bermadi.


Mamlakat Pepsi Superligasi ikkinchi bosqich 24-tur oʻyinlarida deyarli kutilmagan natijalar yuz bermadi.

Yuqori oltilikda ham, quyi oltilikda ham mezbonlarning ustunligi sezildi, birgina “Navbahor”ni inobatga olmaganda. “Paxtakor”ning “Buxoro” ustidan osonlikcha gʻalaba qozonishi kutilgandi, biroq bunday boʻlmadi. Buxoroliklar oxirigacha “jon berib” olishishdi. Hatto durang qilishlariga ham bir baxya qoldi. Hakamlarning “Paxtakor” golini bekor qilishi, agar mezbonlar ochko yoʻqotishganda, ularga juda qimmatga tushgan boʻlardi, kimdir jazosini ortigʻi bilan olishi hech gap emasdi. Yaxshiki maydon egalari oʻzlari uchun kerakli natijaga erishib olishdi.

6ee6e638-ef49-44c2-a567-8ae6500a96b0.jpg

“Lokomotiv” va “Bunyodkor” oʻyini ham qizgʻin kechdi. Mirjalol Qosimov shogirdlari harchand urinishmasin, hisobni tenglashtirishning uddasidan chiqa olmadilar. Eng qiziqarli oʻyin har doimgidek Namanganda oʻtishi kutilgandi. Haqiqatdan ham shunday boʻldi. Mezbonlar uchrashuvning birinchi daqiqasidan oxirigacha astoydil intilishdi uch ochko uchun. Lekin toʻp darvozaga kirmasa qiyin ekan. Namanganliklar najotni faqat hujumdan izlashdi, ammo bekobodliklarning goh-gohida uyushtirgan qarshi hujumlari ham xavf kasb etib turdi. Oxir-oqibat oʻyinda darvozalarni nishonga olish na unisining va na bunisining qoʻlidan keldi. Durang esa mezbonlar uchun magʻlubiyatga, mehmonlar uchun esa gʻalabaga teng boʻlganligini oʻyin tugagandan keyingi har ikkala tomon futbolchilarining kayfiyatlaridan bilish qiyin emasdi.

Quyi oltilikda ham shunga oʻxshash manzara. “Neftchi” “Nasaf”ni, AGMK esa “Soʻgʻdiyona”ni qiyinchiliksiz yengandek taassurot qoldirdi. Yaqinda Oʻzbekiston Kubogida oʻz maydonida “Qizilqum”ni magʻlub etgan “Qoʻqon-1912” xuddi kelishib olgandek, chempionatda raqibiga imkoniyatni boy berdi.

f3ea621d-10e1-474f-929c-3fb83887850a.jpg

24-turdan keyin kuchlilar guruhida “Lokomotiv” 24 ochko bilan peshqadamlik qilyapti, “Navbahor”ning oʻz uyida ochko yoʻqotishidan foydalangan “Paxtakor” ikkinchi oʻringa koʻtarilib oldi va 21 ochko bilan toʻplar nisbatiga koʻra “Navbahor”ni ortda qoldirmoqda. Sovrinli oʻrinlar uchun kurashayotgan “Bunyodkor”da esa ayni paytda 17 ochko mavjud. Aslida beshinchi va oltinchi oʻrinlar avvallari biror imtiyoz tuhfa etmasdi, endi esa bir pogʻona oʻrin ham OʻFA tomonidan beriladigan moddiy mukofotda sezilarli farqni hosil qiladi. Demak, medal boʻlmasada yaxshiroq daromad ishlab olish uchun imkon qadar yuqoriroq oʻrindan joy olish lozim. Beshinchi oʻrin uchun kurashayotgan “Metallurg”da oʻn, “Buxoro”da esa yetti ochko bor.

4fcfdb6f-b586-4d30-802d-06465b6189ee.jpg

Quyi oltilik faqat Superligadan tushib ketmaslik “dardi” bilan yashaydi endi. Ayni paytda hech kimning yaqqol ustunligi koʻrinmayapti. Bitta oʻyindagi gʻalaba yoki magʻlubiyat jamoalarning turnir jadvalidagi oʻrinlariga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Aytaylik, “Qizilqum” 23 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan boʻlsa, AGMK undan bor-yoʻgʻi toʻrt ochko orda qolyapti. AGMK esa “Nasaf”dan faqat ikki ochko oldinda boryapti, “Qoʻqon-1912”ning “Nasaf”ga yetib olishi uchun ham uch ochko kifoya.”Neftchi”dagi 13 va “Soʻgʻdiyona”dagi oʻn ochkolar farqi ham u qadar katta emas... 

24-tur.
Yuqori oltilik

“PAXTAKOR” – “BUXORO” - 2:1 
Gollar: Ismoil Gonsalvesh (58-pen.), Farrux Sayfiyev (60) - Shahboz Erkinov (80).

“NAVBAHOR” – “MЕTALLURG” - 0:0

“LOKOMOTIV” – “BUNYODKOR” - 2:1
Gollar: Temurxoʻja Abduxoliqov (3), Husniddin Gʻofurov (49) - Xurshid Gʻiyosov (35).

Quyi oltilik

“QIZILQUM” – “QOʻQON-1912” - 1:0
Gol: Alisher Sanoyev (85).

“NЕFTCHI” – “NASAF” - 3:1
Gollar: Avazbek Oʻlmasaliyev (7), Sherzod Hakimov (42), Doston Toshmatov (61) - Islom Rashidxonov (21).

AGMK – “SOʻGʻDIYONA” - 2:0 
Gollar: Yovan Jokich (45+2-pen.), Zafar Polvonov (55).

Navbatdagi 25- tur oʻyinlari 2-3-oktabr kunlariga belgilangan.