Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol musobaqasiga qur’a tashlandi
10:40 / 2026-02-14

Andijonda qizlar o‘rtasida “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” uchun mini futbol musobaqasining viloyat bosqichiga start berildi.

Musobaqadan maqsad qizlar o‘rtasida ommaviy sport turlari, xususan, futbolni rivojlantirish, futbol bilan shug‘ullanuvchi qizlar qamrovini kengaytirish,  futbol musobaqasi orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda iqtidorli yosh futbolchi qizlarni aniqlashdir. 

O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan vazir kubogi musobaqalarida, umumta’lim maktablarining 7-11 sinf qizlaridan tuzilgan, tuman, shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 16 jamoa qatnashmoqda.

Dastlab Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi, sport boshqarmalari, Andijon futbol federatsiyasi mas’ul xodimlari, shuningdek, jamoalar murabbiylari hamda sardorlari ishtirokida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

[gallery-27659]

Ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilgan qur’a natijalariga ko‘ra 16 ta jamoa 4 guruhga bo‘lingan holda chempionlik uchun bahs olib boradi. 

Vazir kubogi uchun musobaqaning viloyat bosqichi o‘yinlari 18-fevralga qadar davom etadi. 

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (foto), O‘zA