Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: Milliy terma jamoamiz Kuvayt bilan kuch sinashadi
14:03 / 2025-10-08

Ertaga, 9 oktyabr kuni Fabio Kannavaro bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Toshkentda Kuvayt terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Bugun, 8 oktyabr kuni uchrashuv oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda o‘yinga oid bir qator masalalar yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o‘tildi.

Tadbir davomida mazkur o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv ertaga, 9 oktyabr kuni "Olimpiya" stadionida bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA