Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: Milliy terma jamoamiz bugun Dubayda o‘ynaydi
11:01 / 2026-01-30

Xabaringiz bor, ayni kunlarda futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib bormoqda.

Mazkur yig‘in davomida Fabio Kannavaro boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan terma jamoaga nomzod futbolchilarning imkoniyatlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Shuningdek, ularning jismoniy holati va tayyorgarlik darajasini muntazam nazorat qilish rejalashtirilgan.

Shu bois ham bugun Milliy terma jamoamiz ikkinchi nazorat uchrashuvini Armanistonning "Urartu" klubiga qarshi o‘tkazadi. Mamlakatimiz vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadigan ushbu bahsda bir qator futbolchilar sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uchrashuv yopiq eshiklar ortida bo‘ladi.  

Ma’lumot uchun, terma jamoamiz dastlabki nazorat bahsida Xitoy bilan kuch sinashgan, unda darvozalarga 4 ta gol urilgan va tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekkan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA