Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: Mamlakat chempionatining 5-tur o‘yinlari yaqqol yetakchini aniqlaydimi?
11:11 / 2023-04-07

Bugun, 7 aprel kuni Coca-Cola Superligasining 5-tur o‘yinlari “Turon”-“Olimpik”, “Buxoro”-“Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar bilan boshlanadi. Ertaga, 8 aprel kuni ushbu turdan o‘rin olgan “So‘g‘diyona”-“Metallurg”, “Andijon”-“Neftchi” jamoalari kuch sinashadi.

Turning qolgan o‘yinlari 9-10 aprel kunlari tashkil etiladi. 9 aprel kuni Qarshida “Nasaf”-“Surxon”, poytaxtimizdagi “Jar” stadionida OKMK-“Navbahor” jamoalari ro‘baro‘ keladi. Turning eng so‘nggi “dueli” 10 aprel kuni Toshkentda “Paxtakor”-“Qizilqum” o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan poyoniga yetadi.  

Eslatib o‘tamiz, 4-tur yakunlaridan keyin 10 ochkoga ega “Neftchi” va “Bunyodkor” jamoalari yetakchilik qilmoqda. “Navbahor” 9 ochko bilan 3-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, OKMK, “Nasaf”, “Surxon” jamoalari 7 ochkoga ega bo‘lgan holda keyingi o‘rinlarda bormoqda.  

Xo‘sh, 5-tur o‘yinlari mamlakat chempionatidagi yaqqol yetakchini aniqlab bera oladimi? Bu borada aytish lozimki, bugun Buxoroda kechadigan “Buxoro”-“Bunyodkor” o‘yini hamda ertaga Andijonda o‘tadigan “Andijon”-“Neftchi” o‘yinlari ko‘p masalaga oydinlik kiritishi mumkin.  

Lekin, Cuperliga chempionligiga da’vogarlik qilayotgan OKMK-“Navbahor” o‘yini ham yetakchini aniqlash masalasidagi markaziy o‘yinlardan biri bo‘lishi shubhasiz.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA