Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol. Katanetsning birinchi yig‘iniga kimlar taklif etildi?
13:20 / 2021-08-28

Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Xorijlik murabbiy kechaning o‘zidan rasmiy ishga kirishdi. Bugun esa terma jamoaning o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlanmoqda.

Termamizning yangi bosh murabbiyi dastlabki yig‘inga mahalliy mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra quyidagi nomzodlarni jalb etdi (kelgusida terma jamoa tarkibi tubdan o‘zagarishi ehtimoli ham yo‘q emas, buyog‘i Katanetsga bog‘liq):

Darvozabonlar:

Valijon Rahimov AGMK

Sanjar Quvvatov “Paxtakor”

Eldorbek Suyunov “Paxtakor”

Himoyachilar:

Islomjon Qobilov “Lokomotiv”

Farruh Sayfiyev “Paxtakor”

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev “Nijniy Novgorod” (Rossiya)

Xojiakbar Alijonov “Paxtakor”

Husniddin Aliqulov “Nasaf”

Abdulla Abdullayev “Bunyodkor”

Dilshod Soatov “Nasaf”

Dostonbek Tursunov ”Chongqin” (Xitoy)

Yarim himoyachilar:

Otabek Shukurov “Al Sharja” (BAA)

Odiljon Hamrobekov “Paxtakor”

Abrorbek Ismoilov “Paxtakor”

Jaloliddin Masharipov “Al Nasr” (S.Arabistoni)

Xojimat Erkinov “Paxtakor”

Oybek Bozorov “Nasaf”

“Sanjar Qodirqulov “Lokomotiv”

Akmal Mozgovoy “Nasaf”

Javohir Sidiqov “Lokomotiv”

Farruh Ikromov “Bunyodkor”

Hujumchchilar:

Eldor Shomurodov (Roma” (Italiya)

Igor Sergeyev “Tobol” (Qozog‘iston).

Milliy terma jamoamiz yig‘in doirasida 5 sentyabr kuni Shvetsiyada mahalliy milliy terma jamoa bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazadi.

Oybek YUNUSOV, O‘zA