Futbol: "JCH-2026"da qatnashadigan jamoalar savatchalarga taqsimlandi
2026 yili Amerika qit’asining 3 ta mamlakati stadionlarida tashkil etiladigan navbatdagi jahon chempionati o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi joriy yilning 5 dekabr kuni AQSH poytaxti Vashingtonda joylashgan “The Kennedy Center” majmuasida o‘tkaziladi.
Kuni kecha Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA) jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan 42 ta va bu yo‘lda kurash olib borayotgan omadli 6 ta jamoalarining qur’a savatchalari haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 11 ta mamlakat futbol jamoalari qatorida 3-savatchadan o‘rin oldi.
Eslatib o‘tamiz, 5 dekabr kuni o‘tadigan qur’a tashlash marosimida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, murabbiylar shtabi hamda FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etishi kutilmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA