Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: JCH-2026 chiptalarining bahosi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
11:58 / 2025-10-03

Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA) kelgusi yilning yoz oyida AQSH, Kanada va Meksika davlatlarida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun chiptalarni sotuvga chiqarish boshlaganligini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, birinchi chiptalarning xaridorlari lotereyadan tanlanganlar bo‘ladi. Lotereya g‘oliblari elektron pochta orqali xabardor qilinadi yoki bildirishnoma orqali chiptalarni qabul qilib oldi. Jahon chempionati uchun chiqarilgan lotoreya o‘yinlarida qatnashish uchun bugungacha 4,5 million ariza kelib tushganligi ma’lum.

Jahon chempionati muxlislari uchun sotuvga chiqariladigan chiptalar to‘rtta toifadan iborat bo‘lib, guruh bosqichi o‘yinlari uchun eng qimmat chiptalar AQSH terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinlar sanaladi. Unga ko‘ra, 1-toifa chiptalari 410 AQSH dollaridan 620 dollargacha baholangan bo‘lsa, 4-toifaning narxlari 60 dan 105 AQSH dollarigachani tashkil etadi.

Eng e’tiborlisi, jahon chempionatining Nyu-Jersida bo‘lib o‘tadigan final uchun narxlari yanada “dahshatli” raqamlarni o‘zida aks ettirdi. 1-toifa 6730, 2-toifa 4210, 3-toifa 2790, 4-toifa 2030 AQSH dollaridan iborat bo‘lishi keltirilgan

Jahon chempionati chiptalari dinamik narxlashdan iboratligi sababli mutaxassislar chipta bahosi o‘sish mumkinligini ta’kidlashmoqda.

T. Ro‘ziyev, O‘zA