Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol. Jahon chempionati U-17: hamyurtlarimiz “V” guruhida qatnashmoqda
16:27 / 2023-11-08

Yana ikki kundan so‘ng Indoneziya yashil maydonlarida futbol bo‘yicha U-17 jahon chempionati bahslari boshlanadi.

10 noyabrdan start oladigan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi “V” guruhidan joy olgan bo‘lib, o‘z guruhida Mali, Kanada va Ispaniya bilan kuch sinashadi.  

Mazkur jahon chempionati guruh bosqich o‘yinlarida 24 ta jamoa 6 ta guruhga bo‘lingan holda keyingi bosqichga chiqish uchun kurashadi.  

“V” guruhidan o‘rin olgan terma jamoamiz a’zolari 10 noyabr kuni Mali jamoasi bilan ro‘baro‘ keladi.  

Terma jamoamiz futbolchilari guruhdagi ikkinchi o‘yinni 13 noyabr kuni Kanada vakillariga qarshi o‘tkazadi. Guruhdagi uchinchi bahsda esa hamyurtlarimiz 16 noyabr sanasida Ispaniya jamoasiga qarshi maydonga tushadi.  

Chempionat o‘yinlari 2 dekabrga qadar davom etadi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA