Futbol: Islombek Ismoilov shogirdlarini jahon chempionati ishtirokchilari kutmoqda
Joriy yilning 3-27 noyabr kunlari Qatarda futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi “J” guruhida Paragvay, Panama va Irlandiya termalari bilan raqobatlashadi.
Ayni kunlarda dunyo birinchiligiga munosib tarzda tayyorgarlik ko‘rayotgan terma jamoamiz navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini 18-31 oktyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida o‘tkazadi.
Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz yig‘in doirasida U17 jahon chempionati ishtirokchilari — Venesuela, Kot-d’Ivuar va Burkina-Fasoga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvlar “Al-Hamriya” stadionida o‘tkaziladi.
20 oktyabr: O‘zbekiston — Venesuela
23 oktyabr: O‘zbekiston — Kot-d’Ivuar
29 oktyabr: O‘zbekiston — Burkina-Faso
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA