Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FUTBOL: Igor Sergeyev “Paxtakor” safida yangi rekord oʻrnatishi mumkin
18:01 / 2020-08-22

Toshkentning “Paxtakor” klubi hujumchisi Igor Sergeyev yuqori ligada gol urish borasida jamoaning eng kuchli futbolchilar roʻyxatida ikkinchi oʻringa koʻtarilib oldi.


Toshkentning “Paxtakor” klubi hujumchisi Igor Sergeyev yuqori ligada gol urish borasida jamoaning eng kuchli futbolchilar roʻyxatida ikkinchi oʻringa koʻtarilib oldi.

Oʻzbekiston Coca-Cola Superligasi 11-turida “Paxtakor” Qarshining “Nasaf” jamoasini 4-1 hisobida magʻlub etdi va oʻz hisobidagi ochkolar sonini 28 taga yetkazib, turnir jadvalidagi karvonboshilikni oʻz qoʻlida saqlab qoldi.

Kuni kecha oʻtgan mazkur uchrashuvda poytaxt jamoasi sharafini himoya qilayotgan Igor Sergeyev “Nasaf” darvozasini ishgʻol qildi. Va oliy ligada urilgan gollar soni 92 taga yetdi. Uning bu natijasi “Paxtakor” tarkibida yuqori ligada eng koʻp gol urgan futbolchilar roʻyxatining ikkinchi pogʻonasidan joy olishiga sabab boʻldi.

Maʼlumot uchun, hozircha “Paxtakor” tarixidagi yuqori liga bahslarida eng koʻp toʻp kiritgan futbolchilar roʻyxatida Gennadiy Krasniskiy 102 gol bilan karvonboshilik qilmoqda. Igor Shkvirin 91 gol muallifi boʻlgan.

Igor jamoasini oʻrgartirmay, davom etsa, “Paxtakor” safida eng koʻp gol urgan futbolchiga aylanishi mumkin.