Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FUTBOL: Gap natijada emas, tajriba orttirishda
16:38 / 2018-08-08

Ravshan Haydarov ustozligidagi Olimpiya terma jamoamiz Toshkentda, olimpiyachilarimizning ikkinchi tarkibi esa Vyetnamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazayotgani haqida avval xabar berganmiz.

Ravshan Haydarov ustozligidagi Olimpiya terma jamoamiz Toshkentda, olimpiyachilarimizning ikkinchi tarkibi esa Vyetnamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazayotgani haqida avval xabar berganmiz.

Toshkentdagi yig‘in belgilangan tartibda davom etmoqda. Olimpiyachilarimiz yig‘inning so‘ngisi sifatida bugun mamlakat Superliga vakili “Metallurg” jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Shu o‘yindan so‘ng terma jamoamizning Osiyo O‘yinlariga boruvchi asosiy tarkibi aniqlab olinadi. Terma jamoamiz Osiyo O‘yinlarida qatnashish uchun esa ertaga, soat 21:00 da Indoneziyaga jo‘nab ketadi. 

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Haydarov shogirdlari Osiyo O‘yinlarida o‘z guruhida Bangladesh, Qatar va Tailand termalariga qarshi kurash olib boradi. O‘yinlar 14, 16 va 19-avgust kunlariga belgilangan.

Ravshan Haydarov va uning jamoasi Toshkentda shug‘ullanayotgan bir paytda Olimpiya terma jamoamizning ikkinchi tarkibi, ya’ni Olimpiya termasiga nomzod futbolchilar Sunnatillo Abdurasulov boshchiligida Vyetnamdagi xalqaro musobaqada ishtirok etishdi. Hamyurtlarimiz musobaqani Ummon termasiga qarshi boshlashib, 1:1 hisobidagi durangga rozi bo‘lishgandi. Ikkinchi uchrashuvda esa kutilmaganda falastinliklarga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Va so‘nggi o‘yinini mezbonlarga qarshi o‘tkazgan futbolchilarimiz bu o‘yinda ham durang natija qayd etishdi – 1:1. Shu tariqa, uch o‘yindan ikki ochko to‘plagan holda, musobaqaning umumiy jadvalida 2 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi. 

Avval ta’kidlaganimizdek, xalqaro musobaqada qatnashishdan maqsad natija emas, balki tajriba orttirish, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchilarni sinovdan o‘tkazish, ularga xalqaro o‘yinlar tajribasini taqdim qilish va saralab olishdan iborat edi.