Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: Bugun UEFA Chempionlar ligasi 1/4 finaliga qur’a tashlanadi
14:24 / 2023-03-17

Bugun, 17 mart kuni UEFA Chempionlar ligasining 1/4 final va yarim finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Oldingi bosqichlardan farqli o‘laroq, bu safargi qur’a tashlashda 1/4 final bosqichida har qanday jamoa biri-biriga ro‘baro‘ kelish ehtimoli yuqori. Bir juftlikda bitta milliy assotsiatsiya vakillari yoki guruh bosqichidagi raqiblar duch kelishi mumkin.  

Demak, 1/4  final bosqichida "Bavariya" (Germaniya), "Benfika" (Portugaliya), "Chelsi" (Angliya), Inter (Italiya), "Manchester Siti" (Angliya), "Milan" (Italiya), "Napoli" (Italiya) "Real Madrid" (Ispaniya) jamoalari kuch sinashadi.  

Jamoalar ro‘yxatidan ko‘rinib turibdiki, musobaqaning 1/4 bosqichida Italiyaning 3 ta, Angliyaning 2 ta, Ispaniya, Portugaliya va Germaniyaning 1 tadan jamoalari qatnashmoqda.  

1/4 final o‘yinlarining birinchi uchrashuvlari 11-12 aprel kunlari, javob bahslari 18-19 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Yarim final o‘yinlari 9-10 may va 16-17 may kunlari tashkil etiladi.  

Chempionlar Ligasi final uchrashuvi esa 10 iyun kuni  Turkiyaning Istanbul shahridagi Otaturk nomidagi “Olimpiya” o‘yingohida o‘tkaziladi, deyiladi Yevropa futbol konfederatsiyasi xabarida.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA