Futbol bo‘yicha Milliy chempionatga start berildi
FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi “Navbahor” stadionida Futbol bo‘yicha 2023 yilgi O‘zbekiston Respublikasi Superliga jamoalari o‘rtasida XXXII Milliy chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-10829]
Start olgan joriy yilgi chempionatda namanganliklarning rejalari ulkan. Asosiy maqsad – “Navbahor” brendini qayta shakllantirish va jamoaning shonli davrini qaytarishdan iboratdir.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol Assotsiatsiyasi Prezidenti Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi va barcha jamoalarga yangi mavsum oldidan omad tiladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA