Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati oliy liga bahslari qizg‘in pallada
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati oliy liga bahslarining 24-turida “Buxoro” (Buxoro) jamoasi safarda “Sho‘rtan” (G‘uzor)ga qarshi maydonga tushdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati oliy liga bahslarining 24-turida “Buxoro” (Buxoro) jamoasi safarda “Sho‘rtan” (G‘uzor)ga qarshi maydonga tushdi.“Buxoro” klubi hisobni ikkinchi daqiqada ochdi. Golga Javohir Qahramonov mualliflik qildi. O‘yinning o‘n yettinchi daqiqasida Ergash Ismoilov hamda o‘n to‘qqizinchi daqiqada Ivan Nagayev raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni 0:3 ko‘rinishiga olib keldi. Birinchi bo‘limning 25-daqiqasida “Sho‘rtan” futbolchisi Otabek Narzullayev gol urib, hisobni qisqartirdi – 1:3.
Ikkinchi bo‘limda g‘uzorliklar raqib darvozasi oldida ko‘plab xavfli vaziyatlar uyushtirdi va 88-daqiqada Jasur Xolto‘rayev navbatdagi golni kiritdi. Gollarga boy o‘tgan bahsda buxoroliklar 2:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Farg‘onada “Neftchi” Qarshining “Nasaf” klubidan 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. “Lokomotiv” “Navbahor” (Namangan)ni, “Paxtakor” esa “Qo‘qon – 1912” (Qo‘qon)ni o‘z maydonida bir xil 2:0 hisobida yengdi. Samarqandda “Dinamo” Olmaliqning “Olmaliq” jamoasini qabul qilib 1:0 hisobida ustun keldi.
“Mash’al” (Muborak) va “So‘g‘diyona” (Jizzax), “Metallurg” (Bekobod) va “Bunyodkor” (Toshkent) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda durang qayd etildi.