Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol boʻyicha 2019 yilgi mavsumning toʻliq taqvimi eʼlon qilindi undan PEPSI Superliga, Oʻzbekiston kubogi va Liga kubogi uchrashuvlari oʻrin olgan
11:42 / 2019-02-27

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum uchun toʻliq taqvimni taqdim etdi.


Oʻzbekiston Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum uchun toʻliq taqvimni taqdim etdi. Unda FIFA kunlari, Osiyo Chempionlar ligasi oʻyinlari hamda umumxalq bayramlariga eʼtibor qaratilgan.

Xabar berganimizdek, PEPSI Superliganing 1-tur uchrashuvlari 8-9-10 mart kunlariga belgilangan. 2019 yilgi futbol mavsumi 30 noyabr kuni yakunlanadi. PFLning musobaqalar oʻtkazish reglamentiga koʻra, soʻnggi ikkita tur oʻyinlari, yaʼni 25-26-tur uchrashuvlari bir kunda va bir vaqtda oʻtkaziladi.

Eʼtiborlisi, taqvimdan Oʻzbekiston kubogi hamda ilk bora tashkil etilayotgan mamlakat liga kubogi musobaqasidan oʻrin olgan uchrashuvlar sanasi ham oʻrin olgan. Darvoqe, mamlakat liga kubogida superliga va Pro-liganing barcha vakillari emas, balki 16ta klub ishtirok etadi. Bunda superliganing 14 vakili safini Pro-liga ishtirokchilari orasida litsenziyalashdan eng yaxshi koʻrsatkich bilan oʻtgan ikkita klub toʻldiradi.

2019 yilgi futbol mavsumi taqvimi:

OCHL – 4-5-6 mart

1-tur – 8-9-10 mart

OCHL – 11-12-13 mart

PFL kubogi – 11-17 (26) mart

FIFA kunlari – 18-26 mart

2-tur – 29-30-31 mart

3-tur – 5-6-7 aprel

OCHL – 8-9-10 aprel

4-tur – 12-13-14 aprel

5-tur – 18-19-20-21 aprel

OCHL – 22-23-24 aprel

6-tur – 26-27 aprel

Oʻzbekiston kubogi 1/32 final – 30 aprel-1 may

7-tur – 3-4-5 may

OCHL – 6-7-8 may

8-tur – 10-11-12 may

9-tur – 16-17-18-19 may

OCHL – 20-21-22 may

10-tur – 25-26 may

Liga kubogi(guruh bosqichi 1-tur) — 31 may-1 iyun

FIFA kunlari – 3-11 iyun

11-tur – 14-15-16 iyun

OCHL. Pley-off bosqichi – 17-18-19 iyun

Oʻzbekiston kubogi 1/16 final – 19 iyun

12-tur – 21-22-23 iyun

OCHL. Pley-off bosqichi – 24-25-26 iyun

Oʻzbekiston kubogi 1/16 final – 26 iyun

13-tur – 28-29 iyun

Liga kubogi (guruh bosqichi 2-tur) – 2-3 iyul

Liga kubogi (guruh bosqichi 3-tur) – 6-7 iyul

TANAFFUS – 8-21 IYUL

Oʻzbekiston kubogi 1/8 final – 22-23 iyul

14-tur – 26-27 iyul

15-tur – 30-31 iyul

Oʻzbekiston kubogi 1/4 final – 3-4 avgust

Ochiq sana – 7 avgust

16-tur – 10-11 avgust

Liga kubogi 1/4 final – 14 avgust

17-tur – 17-18 avgust

Oʻzbekiston kubogi ½ final – 21-22 avgust

FIFA kunlari – 2-10 sentyabr

18-tur – 12-13-14 sentyabr

19-tur – 20-21-22 sentyabr

Liga kubogi 1/2 final – 25-26 sentyabr

20-tur – 28-29 sentyabr

Ochiq sana – 1-2-3 oktyabr

FIFA kunlari – 7-15 oktyabr

21-tur – 18-19-20 oktyabr

Oʻzbekiston kubogi. Final – 26 oktyabr

22-tur – 29-30 oktyabr

Liga kubogi. Final – 3 noyabr

23-tur – 6-7 noyabr

FIFA kunlari – 11-19 noyabr

24-tur – 22-23-24 noyabr

25-tur – 27 noyabr

26-tur – 30 noyabr

Biz Angliyada liga kubogi oʻtkazilishidan xabardormiz va endi yurtimizda ham shunday musobaqa tashkil etiladi. Bundan maqsad, atigi 26ta turdan iborat superligada jamoalarning yetarlicha oʻyin amaliyotiga ega boʻlishini taʼminlashdan iborat.