Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: Ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogida bugun birinchi tur yakunlanadi
10:06 / 2026-03-04

Avstraliyada futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida davom etayotgan Osiyo kubogining "C" guruhida bugun birinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda Yaponiya va Xitoy Taypeyi, Vetnam hamda Hindiston terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Osiyo kubogining "A" va “B”  guruhlarida birinchi tur uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, "A" guruhidan o‘rin olgan Avstraliya 1:0 hisobida Filippinni taslim etdi. Janubiy Koreya esa Eron darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi.

Mazkur guruhda Avstraliya ikkinchi turda Eron bilan, Filippin esa  Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuvlar 5-mart kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Biz uchun ahamiyatli bo‘lgan “B” guruhida KXDR terma jamoasi O‘zbekiston ayollar terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Xitoy esa Bangladeshni 2:0 hisobida yengdi. Darvoqe, guruh bahslarining ikkinchi turida terma jamoamiz 6-mart kuni Xitoyga qarshi maydonga tushadi. Shu kuni KXDR va Bangladesh bahsi ham tashkil etiladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA