Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: "Aral"ni mag‘lub etgan "Buxoro" Superligada qoldi
16:45 / 2025-12-16

Bugun, 16 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida futbol bo‘yicha Superliga pley-offidan o‘rin olgan "Aral" – "Buxoro" o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Nukus shahridagi "Olimpiya" stadionida o‘tgan qiziqarli bahsning 1-bo‘limida “Buxoro” klubi futbolchisi Toma Tabatadze tomonidan kiritgan yagona gol evaziga buxoroliklar kelgusi mavsumni Superligada davom ettirish huquqiga ega chiqdi.

O‘z maydonida mag‘lubiyatga uchragan “Aral esa 2026 yilgi futbol mavsumini Pro-ligada o‘tkazadigan bo‘ldi.

Uchrashuvni Timur To‘xtasinov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib bordi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA