Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: 2031 yilgi Osiyo kubogini o‘tkazishga da’vogarlar soni 7 taga yetdi
13:54 / 2025-04-11

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2031 yilgi Osiyo kubogi mezbonligi uchun nomzodlarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Hindiston futbol federatsiyasi ham turnir mezbonligi uchun ariza topshirdi.

Qit’aning eng nufuzli turnirini qabul qilish uchun avvalroq Indoneziya, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Avstraliya hamda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlari qo‘shma da’vogar sifatida taqdim etilgandi. Endi ular qatoriga Hindiston ham qo‘shildi.

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasining 35-Kongressi oldidan o‘tgan yig‘ilishda OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa 2031 yilgi Osiyo kubogiga mezbonlik qilish uchun yettita nomzoddan ariza kelib tushganini ta’kidladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA