Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Furqat tumanidagi 30-maktabgacha ta’lim muassasasi qayta ta’mirlanib, ishga tushdi
15:28 / 2017-02-28

Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi “2017 – 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va uning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlashda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi “2017 – 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va uning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlashda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Mazkur hujjat asosida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy dastur va texnologiyalarni tatbiq etish, farzandlarimizni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy barkamol etib tarbiyalash uchun zamonaviy sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratiladi. Jumladan, maktabgacha ta’lim tizimi yanada takomillashtirilib, yangi muassasalar quriladi, mavjudlari rekonstruksiya qilinadi, mukammal ta’mirlanadi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.

Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan 643 maktabgacha ta’lim muassasasiga 93 mingdan ortiq bola qamrab olingan. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zarur mebel, o‘quv-uslubiy, ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yosh avlodni jismonan va ma’nan barkamol etib tarbiyalash maqsadida ushbu muassasalarda chet tillar, sportning badiiy gimnastika, shaxmat-shashka va boshqa to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bolalarga qadimiy va boy tariximiz, milliy urf-odat va qadriyatlarimizni o‘rgatish maqsadida ma’naviyat xonasi, kichik muzey va kutubxonalar tashkil etilgan.

Ushbu qaror asosida viloyatda 190 maktabgacha ta’lim muassasasini mukammal ta’mirlash, 123 tasini rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan. 2 yangi maktabgacha talim muassasasi barpo etiladi. Buning uchun 270 milliard 550 million so‘m mablag‘ sarflanadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida 5-6 yoshli bolalar uchun qisqa muddatli 380 guruh tashkil etilib, ularga 19 ming bola qamrab olinadi.

Furqat tumani Jangketmon qishlog‘idagi 30-maktabgacha ta’lim muassasasi qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgani qishloq aholisini behad mamnun etdi.

– Yurtimizda yosh avlod kamolotiga qaratilayotgan yuksak e’tiborni ta’lim maskanimiz misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin, – deydi 30-maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Yulduzxon Ermatova. – 140 o‘rinli tarbiya maskanimiz kapital ta’mirdan so‘ng zamonaviy qiyofa kasb etdi. Bolalar gigiyenik xonalari, yuvinish, dam olish va mashg‘ulotlar xonasi, yozgi hovli landshaftining yangi ko‘rinishi har qanday kishini hayratga soladi.

Tumanda 35 umumta’lim maktabi, 36 maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yili manzilli dastur asosida 5 milliard 859 million so‘m mablag‘ evaziga 2 maktabgacha ta’lim maskani, 3 umumta’lim maktabi kapital rekonstruksiya qilindi. Bolalar va o‘smirlar sport maktabi, 17-umumta’lim maktabining sport zali qayta ta’mirlandi. Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.