English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Furqat tumanida “Mehr daftari”ga kiritilgan ikki nafar yosh uy bilan ta’minlandi
06:12 / 2022-12-29

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilmoqda.  

Farg‘ona viloyati Furqat tumanilik yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, “Mehr daftari” ga kiritilgan 2 nafar yoshga Prezidentimiz sovg‘asi – Qo‘qon shahrida qurilgan ko‘p qavatli uydan kvartiralar kaliti topshirildi.  

[gallery-10110]

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Furqat tumani hokimi Jahongir Jumanov, sektorlar rahbarlari, milliy gvardiya ma’sullari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

Yangi xonadon egalari yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimizga hamda Prezidentimizga cheksiz minnatdorchilik izhor etdi.  

Kelgusida yilda ham yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 4 nafar yoshga xuddi shunday uylardan berish rejalashtirilgan.

 

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA