English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqaroning uy olishi uchun MCHJdan 1,4 mlrd. so‘m undirildi
10:38 / 2023-06-03

O‘zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasida har kimning uy-joyli bo‘lish huquqi belgilandi. Ushbu normaning amal qilishi har bir fuqaro, jumladan, yosh oilalarning o‘z boshpanasiga ega bo‘lishini ta’minlab, kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshiradi.

Jumladan, o‘tgan yili mamlakatimizda 50 ming oila uchun yangi kvartiralar olishga sharoit yaratib berilgan bo‘lsa, bu yil 90 ming oilani uy-joyli qilish marrasi olingan. Yaqin 2-3 yilda bu raqamni 200 mingga yetkazish ustida ishlanmoqda.  

Bu tadbirkorlikning Ipoteka yo‘nalishi faoliyati jozibadorligini oshiradi. Bugungi kunda namunali quruvchilar bilan birga, shartnomalarga amal qilmaydiganlari ham uchrab turadi. Oddiy fuqaro bir umr ishlab topgan puliga, bor mulklarini sotib uy xarid qilar ekan, uni bir savol qiynaydi: "Ishqilib, uyimni bitkazib berarmikan?".

Shunday fuqarolardan biri D.Qodirov ham bundan qariyb ikki yil muqaddam uydagilari bilan o‘rtada to‘plagan pullariga Zomin tumanida qurilayotgan uylardan olish maqsadida "Qishloq qurilish invest" IK MCHJ Jizzax filiali bilan shartnoma tuzadi.

Hamma qatori u ham uydagilari bilan birgalikda orzularidagi uylarini tezroq ko‘rishni, ko‘chib kirishni xohlashadi. Ammo, oradan shuncha vaqt o‘tsa hamki, shartnomadagi uydan darak bo‘lmaydi. Hafsalasi pir bo‘lgan yigit jamiyat bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish maqsadida sudga murojaat qiladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining joriy yildagi qaroriga asosan, “Qishloq qurilish invest” IK MCHJdan D.Qodirovga 1,4 milliard so‘m to‘langan mablag‘ni undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Byuroning Jizzax shahar bo‘limiga kelib tushgan.

Qarzdorga nisbatan ijro ishi qo‘zg‘atilgan va taraflarga ma’lumot uchun yuboradi. Ammo davlat ijrochisining ogohlantirishlariga qaramasdan belgilangan ixtiyori muddatlarda qarzdorlik to‘lab berilmaganidan so‘ng majburiy ijro choralari ko‘rildi.  

Ijro harakatlari natijasida davlat ijrochilari tomonidan jamiyatdan Davronjonga muqaddam to‘lagan pullari to‘liq undirib berildi.

Undirilgan pullar kelgusida uning oilasiga orzularidagidek uy xarid qilishga xizmat qilsa, ajab emas.

 

O‘zA