Fuqaroning murojaati ijobiy yechim topdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ayniqsa, nafaqa ta’minoti sohasida shaffoflik va adolat tamoyillarini qaror toptirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yaqinda mutaxassislar tomonidan nafaqa ta’minotiga oid murojaatlardan biri o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha fuqaro K.Q. 2025-yil 20-oktabr kuni yoshga doir nafaqa tayinlashni so‘rab Nafaqa jamg‘armasi Ellikqal’a tumani bo‘limiga murojaat etgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, uning 35 yil 10 oylik ish staji va 2020-2025-yillar oralig‘idagi oylik ish haqi asosida 1 million 792 ming 621 so‘m miqdorida nafaqa tayinlangan.
Taqdim etilgan ish haqi haqidagi ma’lumotlarning mutaxassislar tomonidan to‘liq o‘rganilishi natijasida fuqaroning nafaqa miqdori 3 million 673 ming 800 so‘mga oshirildi va uning ijtimoiy huquqi to‘liq ta’minlandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.