Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
12:15 / 2025-12-18

Bugungi kunda aholi turli tovar va xizmatlardan foydalanish jarayonida iste’molchi sifatida belgilangan huquqlarga ega. Ushbu huquqlarni bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanish iste’molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi fuqaro J.M. tumandagi savdo majmualaridan biridan qiymati 25 million so‘m bo‘lgan “elektromurovey” xarid qilgan. Biroq ma’lum vaqt o‘tib, mazkur texnika vositasi nosoz holatga kelib qolgan. Fuqaroning do‘kon xodimlariga qilgan bir necha marotaba murojaatlariga qaramay, muammo o‘z vaqtida hal etilmagan.

Mazkur holat yuzasidan tushgan murojaat Mirishkor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. Tekshiruv jarayonida “elektromurovey” haqiqatan ham nosoz ekani tasdiqlandi. Savdo do‘koni sotuvchisiga iste’molchilar huquqlariga oid amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilib, fuqaroning qonuniy talabi ijobiy hal etildi.

Natijada qiymati 25 million so‘m bo‘lgan nosoz “elektromurovey” iste’molchiga shu turdagi yangi va yaroqli mahsulotga almashtirib berildi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday holatlarda iste’molchilarning huquqiy ongi va faolligi muhim ahamiyatga ega. Qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish orqali o‘z manfaatlarini himoya qilish har bir fuqaroning huquqi hisoblanadi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri