Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
10:57 / 2025-12-03

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida yashovchi fuqaro D.H. bozordan 6 million so‘mga gilam sotib olgan.

Uyiga borib ko‘rganida gilam o‘rtasiga yamoq solinganligi aniqlangan. Ushbu masala bo‘yicha savdo xodimlariga kelib vaziyatni tushuntirganida, ular gilamni almashtirib berishdan bosh tortishgan.

Shundan so‘ng, iste’molchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga  og‘zaki murojaat qoldirgan.  

Ushbu murojaat Amudaryo tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni bo‘yicha  gimlam sotuvchilariga tushuntirish ishlari olib borildi.  

Natijada iste’molchining olgan gilami yangisiga  almashtirib berildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri