Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqaroning 40 million so‘mini tovlamachilik yo‘li bilan olgan shaxslar ushlandi
14:32 / 2023-03-23

Shaxsning sha’ni, qadr-qimmati qonunlar bilan himoya qilinadi. Uni tahqirlash esa jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Fuqarolar D.M. va boshqalar fuqaro H.Q.ning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan video va fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo‘rqitib, undan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan.  

40 million so‘mni olgan vaqtlarida esa Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Departament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

O‘zA