Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolikni rasmiylashtirishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
17:50 / 2022-01-31

Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan fuqarolikka qabul qilish va fuqarolikdan chiqish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali amalga oshiriladi.

Bunda, vakolatli davlat organi va davlat xizmatlari markazlari tomonidan an’anaviy tarzda ID-karta olish, fuqarolikka qabul qilish yoki aksincha, fuqarolikdan chiqish uchun murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi ham saqlab qolinadi.

Reglamentda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Yagona intraktiv davlat xizmatlari portali orqali identifikatsiyalovchi ID-kartasini olish uchun ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi belgilangan.

Murojaat quyidagi shaklda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqichda, O‘zbekiston fuqarosi, fuqaroligi yo‘q shaxs, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarosi o‘z xohishiga ko‘ra, YAIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi. ID-kartasini olish uchun elektron so‘rovnomani to‘ldiradi va avtomatik tarzda Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga yuboradi. Ikkinchi bosqichda, vakolatli organ ma’lumotlar haqqoniyligini tekshiradi, ma’lumotlar haqqoniyligi tasdiqlansa, murojaat etuvchiga xabarnoma yuboriladi.

So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar bo‘lsa, vakolatli organ tomonidan xatolarni tuzatish uchun besh ish kunidan iborat muddat berilgani to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.

Belgilangan muddatda so‘rovnomadagi xatolar tuzatilmagan taqdirda, avtomatik tarzda so‘rovnomani rad etadi. Uchinchi bosqichda, murojaat qiluvchi “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorda to‘lovni amalga oshiradi. To‘rtinchi bosqichda, murojaat etuvchi tegishli xabarnomani olgandan so‘ng zarur bo‘lgan hujjatlarni, vakolatli organning qarorini va davlat boji to‘langanligi haqidagi kvitansiyani uch ish kuni ichida vakolatli organga shaxsan taqdim etadi. Beshinchi, yakuniy bosqichda vakolatli organ ID-kartani rasmiylashtiradi va murojaat etuvchiga taqdim etadi.

 

O‘zA