Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi jarayonida inson hayotining turli jabhalari pul qiymatiga ega bo‘lib, tovar va bozorda sotiladigan ob’ektga aylanadi. Inson ta’na a’zolari va yoki to‘qimalarini ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti kundan kun rivojlanib bormoqda.
Tibbiy lug‘at bizga transplantatsiyaning quyidagi ta’rifini beradi: "organ yoki to‘qimalarni tananing bir qismidan boshqasiga yoki bir odamdan (donordan) boshqasiga (retsipiyent) Ko‘chirib o‘tkazish". "Transplantatsiya - bu, birinchi navbatda, donorlik." Donorlik esa, esa, jamiyatdagi, tibbiyot va odamlar o‘rtasidagi, shuningdek, tiriklar va o‘liklar o‘rtasidagi munosabatlardir. Milliy qonunchiligimizda inson tanasining a’zolari va yoki to‘qimalari, masalan, buyraklar, jigarlar, yuraklar, o‘pkalar, shox pardalar, suyak iligi va terilari qonun ostidagi aniq maqomlari noaniq bo‘lgani uchun huquqiy noaniqlikda yotibdi. Tananing bu qismlarini transplantatsiya uchun sotib olish yoki sotish mumkin bo‘lmasada, ular «egasi» tomonidan transplantatsiya (xadya sifatida berish) uchun berilishi amaliyotda o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Xorijiy davlatlar yurisdiksiyasiga e’tibor qaratsak, Janubiy Koreya, Xitoy, Xindiston, Turkiya va Polsha kabi davlatlar qonuchiligida inson ta’na a’zolarini hadya yoki meros sifatida qoldirish bilan bog‘liq qonun normalari mavjudligini ko‘rish mumkin.
Xususan, muhtoj yigitning o‘z ta’na a’zosini badavlat bemorga sotishi oldingi holati vujudga kelganda, 1932 yil Italiya fuqarolik kodeksi ta’na a’zolarining transplantatsiyasini taqiqladi va bu tirik donorlardan organ transplantatsiyasini tartibga soluvchi normalarini qonuniy ravishda mustahkamlashga qaratilgan birinchi urinish edi. Keyinchalik organ donorligini tartibga soluvchi qonunlar Chexoslovakiyada - 1966 yilda, Daniya, Italiyada - 1967 yilda qabul qilingan. 1970 yillarda ularga Vengriya (1972), Bolgariya (1973), Kosta-Rika (1974) va Argentina (1977) qo‘shildi. Britaniyaning 1989 yildagi "Odam a’zolarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida" gi qonuniga ko‘ra, "Ota-onalar, bolalar, xolalar, amakilar, amakivachchalar, jiyanlar" o‘z ta’na a’zolarini bir birlariga hadya yoki meros qilib qoldirishi mumkin.
Eron bundan mustasno bo‘lib, u qonun bilan bog‘liq bo‘lmagan organlar transplantatsiyasiga ruxsat beradi. Hindistonda 1994 yilda Inson a’zolarini transplantatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan bo‘lib mumkin bo‘lgan donorlar yaqin qarindoshlar davrasidagi turmush qurgan juftlarni o‘z ichiga oladi va ularni genetik jihatdan bir-biriga bog‘langan shaxslar sifatida belgilaydi. Gonkongda faqat nikohdan keyin kamida 3 yil birga yashagan er-xotinlar yaqin qarindoshlar hisoblanadi.
Jumladan AQSHda Organ transplantatsiyasi to‘g‘risidagi Milliy qonun («NOTA») "har qanday inson organini qasddan sotib olish, qabul qilish yoki boshqa yo‘l bilan inson transplantatsiyasida foydalanish uchun qimmatli qiymatga o‘tkazishni noqonuniy deb hisoblaydi, agar transfer davlatlararo tijoratga ta’sir etsa" 50 000 dollargacha yoki har qanday qoidabuzarlik uchun besh yilgacha qamoq jazosi mavjud. Mazkur qonunga inson, o‘limdan keyin bunday tana a’zolari «egasi»ning o‘zi yoki uning oila a’zolari tomonidan hadya qilinishi va ma’lum sharoitlarda hatto hukumat tomonidan musodara qilinishi mumkin. Ushbu federal qonun "odam (shu jumladan homila) buyragi, jigari, yuragi, o‘pkasi, oshqozon osti bezi, suyak iligi, shox parda, ko‘z, suyak va teri yoki ularning har qanday bo‘laklari" deb ta’riflangan inson organlarini transplantatsiya qilish uchun sotib olish yoki sotishni taqiqlaydi". Biroq, mazkur qonun transplantatsiya uchun organlarni donorlikka ham, ularni tadqiqot yoki ta’lim kabi boshqa maqsadlarda sotishga ruxsat beradi.
Rossiya Federatsiyasida Fuqarolik kodeksi hamda 2011 yil 21 noyabrdagi 323-FZ-sonli "Rossiya Federatsiyasida fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish asoslari to‘g‘risida"gi qonuning 27-moddasiga muvofiq tirik donordan yoki murdadan inson ta’na a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish, agar davolashning boshqa usullari bemor hayotini saqlab qolish yoki uning sog‘lig‘ini tiklashni ta’minlay olmasagina qo‘llanilishi mumkinli belgilab qo‘yilgan. Qonuning 3-bandiga ko‘ra o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan (suyak iligi va gematopoetik o‘zak hujayralarni transplantatsiya qilish hollari bundan mustasno) yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan tirik shaxsdan transplantatsiya (ko‘chirib o‘tkazish) uchun organlar va to‘qimalarni olib tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek mazkur qonuga muvofiq voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqaro og‘zaki, guvohlar ishtirokida yoki yozma ravishda tibbiy tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan yoki notarial tasdiqlangan holda, o‘limidan keyin organ va to‘qimalarni transplantatsiya (ko‘chirib o‘tkazish) uchun o‘z tanasidan olib tashlashga roziligini bildirishi mumkin.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi F–5464-son farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasining I bo‘lim 5-bandida fuqarolik-huquqiy munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishga to‘sqinlik qiluvchi fuqarolik qonunchiligidagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish nazarda tutilgan. Buguni kunda tibbiyo rivojining keskin ravishda rivojlanib borayotganligi bois, mamlakatim fuqarolari ham o‘z yaqinlariga ta’na a’zolari va yoki to‘qimalarini berish borasidagi munosabatlar vujudga kelib ulgurgan. Mazkur munosabatni tartibga solish borasida fuqarolik qonunchiligida bo‘shliqni ko‘rish mumkin. Yangi tahrirda qabul qilinishi ko‘zda tutilayotgan FKning 25-moddasida fuqaroning o‘z tana a’zolariga bo‘lgan huquqlari to‘g‘risida umumiy qoidalar o‘z aksini topmoqda. Mazkur moddaga ko‘ra: “Muomala layoqatiga ega shaxslar o‘z a’zolarini yoki to‘qimalarini qonunda belgilangan hollarda va tartibda bepul xayr-ehson qilishga haqlidirlar. Bunda tana a’zosi va to‘qimalarini xayr-ehson qilayotgan fuqaroning sog‘lig‘i va hayotiga zarar yetkazmasligi, sog‘ligi sababli boshqa shaxsning tana a’zosiga ehtiyoj sezayotgan shaxs transplantasiyasiz tuzalishi mumkin emasligi to‘g‘risida mutahassisning yakuniy xulosasining mavjudligi talab etiladi.
Shaxsni o‘z a’zolarini yoki to‘qimalarini xayr-ehson qilishga har qanday shaklda majburlash taqiqlanadi.
Muomala layoqatiga ega bo‘lgan shaxsning ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq xayr-ehson qilishga roziligi yozma shaklda yoki vasiyatnomaga kiritilgan bo‘lishi kerak.
Inson a’zolarini yoki to‘qimalarini har qanday shaklda sotib olish yoki sotish yohud boshqacha usulda haq evaziga tasarruf etish taqiqlanadi. Bunday bitim o‘z o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.
Fuqaroning tana a’zolaridan foydalangan holda, yangi dori-darmon, tibbiy uskuna yoki profilaktika davolashning yangi usullarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan klinik sinovlar vakolatli organ tomonidan qonunga muvofiq tasdiqlanishi lozim. Sinovdan o‘tuvchi shaxs sinov maqsadi, ularning natijalaridan foydalanish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar, shuningdek boshqa tafsilotlar to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak. Klinik sinovlar sinovdan o‘tadigan shaxsning faqat yozma roziligiga binoan amalga oshirilishi mumkin. Klinik sinovlarni o‘tkazishda sinovdan o‘tuvchidan tadqiqot uchun to‘lov olinmaydi.
Inson genlari, inson embrionlari bilan bog‘liq va boshqa tibbiy va ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazilishi qonunchilik talablariga javob berishi, inson salomatligiga xavf tug‘dirmasligi, axloq-odob qoidalarini buzmasligi va jamoat manfaatlariga zarar yetkazmasligi kerak”.
U.Mahmudxodjayeva,
Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti