Mustaqillik, Konstitutsiya, fuqarolik jamiyati va demokratiya tushunchalari o‘rtasidagi uzviy aloqadorlik muhim ahamiyatga ega.
Zero, mustaqil mamlakatni demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati institutlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bois yurtimizda istiqlolning ilk kunlaridanoq demokratik yangilanish, erkin fuqarolik jamiyatini qurish yo‘li tanlab olindi.
Fuqarolik jamiyati — bu shunday ijtimoiy tuzumki, unda qonunlar ustuvorligi ta’minlanadi, inson huquq va erkinliklari qaror topadi, siyosiy partiyalar va institutlar, fikrlar xilma-xilligi kafolatlanadi, insonga uning iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy hayot shakllarini erkin tanlashi ifodalanadi. Shu bois, ularning har jihatdan taraqqiy etishi kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolik jamiyatining asosini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallalar, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, jamoat birlashmalari va jamoat fondlari, nodavlat notijorat tashkilotlari tashkil etadi, bu haqida batafsil Jamoat xavfsizligi universiteti professori Nodira Rasulova batafsil ma’lumot beradi.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/V95Igrgtsvk" title="Fuqarolik jamiyatining huquqiy himoyasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA