Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolik jamiyati institutlarining maqomi kuchaytirilmoqda
09:46 / 2023-03-31

Keyingi yillarda fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hajmi 25 baravarga oshdi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning 472 jamoat birlashmasi, 150 milliy madaniy markaz faoliyatini byudjetdan moliyalashtirish tizimi joriy etildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning normalari esa u boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Bu “O‘zbekiston Respublikasida referendumni tashkil etishning huquqiy asoslari va  Konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati” mavzusida tashkil etilgan seminarda qayd etildi.    

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va maqomi konstitutsiyaviy jihatdan yanada kuchaytirilayotganini ta’kidladi.    

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga ilk marotaba fuqarolik jamiyati institutlariga bag‘ishlangan alohida bob kiritilib, tegishli ta’rif berilmoqda. Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash choralarini amalga oshirish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdagi ishtirokini ta’minlash Hukumatning eng muhim vazifalari sifatida belgilanmoqda.  

NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash, ushbu sohani tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish borasida keyingi paytda izchil ish olib borilgani ta’kidlandi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yaqin va o‘rta muddatga qaratilgan istiqbollarini belgilab olish maqsadida 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan konsepsiya tasdiqlangan.  

Konstitutsiyada fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan mahallalar, siyosiy partiyalar, harakatlar, ommaviy axborot vositalari, kasaba uyushmalari, jamg‘armalar va boshqa jamoat birlashmalarining o‘rni va maqomini yanada mustahkamlash nazarda tutilayotgani jamiyat rivojiga xizmat qiladi.  

Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.  

 

O‘zA