English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roli: nazariy asoslar va amaliy mexanizmlar
21:39 / 2025-07-30

Shavkat Nazarovich NAZAROV Dotsent yuridik fanlar nomzodi Toshkent davlat yuridik universiteti Toshkent, O‘zbekiston e-mail: sh.nazarov@tsul.uz

PDF shaklida yuklab olish

Annotatsiya

Ushbu maqolada fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roli tahlil qilingan. Jamoatchilik nazorati institutining fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyati, uning nazariy asoslari va amaliy mexanizmlari o‘rganilgan. Shuningdek, milliy qonunchilik va xalqaro tajriba tahlili asosida jamoatchilik nazoratini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Jamoatchilik nazoratining nafaqat davlat organlari faoliyati ustidan nazorat mexanizmi, balki jamiyatni o‘z-o‘zini tartibga solish usuli sifatida ham ko‘rsatilgan. Skandinaviya davlatlari va Buyuk Britaniya tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekistonda jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishning aniq mexanizmlari taklif etilgan.

Tayanch so‘zlar: jamoatchilik nazorati, fuqarolik jamiyati, davlat organlari, demokratik boshqaruv, huquqiy mexanizmlar, shaffoflik, hisobdorlik, institutsional islohotlar.