Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida tadbirlar davom etmoqda
12:03 / 2025-11-21

Navoiy shahridagi Yoshlar markazida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida forum tashkil etildi.

Forum avvalida ta’kidlanganidek, keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy kafolatlari ta’minlanib, normativ-huquqiy baza yanada takomillashtirilmoqda.

 Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan fuqarolik jamiyati institutlarining oldida turgan asosiy vazifalar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, birgalikda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlarining yurtimizning har tomonlama yuksalishida faol ishtirok etishini ta’minlash masalalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

– Viloyatimizni har tomonlama rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ham munosib hissasi bor, – deydi O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i G‘ofur Aliyev. – Ayniqsa, viloyatimizdagi NNTlar korrupsiyaga qarshi kurashish, ekologiya, yoshlar madaniyatini yuksaltirish, mahallalarda yashovchi kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish, uy-joylarini ta’mirlash, bandlik masalalarida keng ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirmoqda. Bugun viloyatimizda faoliyat olib borayotgan NNTlarning faoliyati respublika miqyosida ommalashtirilayotganini ham e’tirof etish joiz. Bu yil “To‘maris”, “Jonli tabiat”, “Tadbirkor ayol”, “Noila”, Saodat sari”, “So‘g‘diyona”, “Ziyokor yoshlar” kabi o‘nlab NNTlarimiz faollik ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda “Navoiy tajribasi”ning amaliyotga joriy etilishida viloyatimizda faoliyat olib borayotgan NNTlarning roli katta bo‘ldi. Jumladan, “Noila” ijtimoiy ko‘mak, huquqiy targ‘ibot va monitoring markazi tomonidan aynan ushbu sohadagi o‘ziga xos tajriba va yangiliklar Varshavada taqdimot qilindi.  

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 martdagi “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘tgan yillar davomida viloyatda mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlari va milliy madaniy markazlarning moliyaviy ahvolini yanada yaxshilash, davlat grantlari, subsidiyalar va davlat ijtimoiy buyurtmalari ko‘lami bosqichma-bosqich oshirib borilmoqda. Jumladan, “Fidoyi yoshlar” teleklubi 1 milliard so‘mlik, O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Navoiy viloyati boshqarmasi esa 770 million so‘mlik ijtimoiy buyurtmalar oldi. “Fidoyi yoshlar” teleklubi tomonidan yoshlarni jurnalistika sohasiga o‘qitish va tayyorlash, milliy kontentlar yaratish bo‘yicha ishlar qilingan bo‘lsa, boshqarma tomonidan esa 3 ta tumandagi 16 ta mahallaga quyosh panelli ko‘cha chiroqlari o‘rnatib berildi. Bundan tashqari, 30 dan ortiq mahalla turli grant tanlovlarida g‘olib bo‘lib, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi, bandlik masalalarida yaxshi natijalarga erishdi.

Haftalik doirasida davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, uchrashuvlar, turli loyihalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri