Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan “Fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat bojini belgilash va undirish tartibi” deb nomlangan amaliy qo‘llanma tayyorlandi.
Mazkur qo‘llanmada fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga kiritilgan da’vo arizalari bo‘yicha davlat boji miqdorini hisoblash va undirish yuzasidan atroflicha ma’lumot berilgan.
Shuningdek, to‘plamdan davlat boji masalalari bo‘yicha amaldagi qonunlar, Oliy sud plenumining qarorlari, umuman, boj undiruvi bilan bog‘liq (davlat bojini kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va hokazo) huquqiy normativ-hujjatlar hamda namunaviy sud qarorlari ham joy olgan.
Qo‘llanma sudyalar, sudyalikka nomzodlar hamda fuqarolik protsessual qonuni bilan ishlovchi prokuratura organlari xodimlari va advokatlarga mo‘ljallangan.
“Fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat bojini belgilash va undirish tartibi” qo‘llanmasi bilan quyidagi havola orqali tanishish va elektron shaklini yuklab olish ham mumkin:
O‘zA