"Fuqarolik huquqiy shartnomasi"ni tuzish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi (+video)
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida fuqarolik huquqiy shartnomalarga oid ba’zi zarur qoidalar o‘rin olgan.
Ya’ni yangi kodeksning 11-moddasi 12-qismiga ko‘ra fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida ishlarni bajarayotgan (xizmatlar ko‘rsatayotgan) shaxslarga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari tatbiq etilmasligi belgilab qo‘yildi.
Eng asosiysi, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarni tuzishga nisbatan cheklovlar ham belgilanmoqda.
Yuqoridagi 11-moddasi 3-qismiga ko‘ra, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni haqiqatda tartibga soladigan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar tuzish taqiqlanishi qayd etilmoqda.
"Yurist tavsiyasi" ruknini kuzatib boring va o‘z haq-huquqlaringizni qonuniy himoya qiling.
Batafsil:
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dLT-mHor9TE" title=""Fuqarolik huquqiy shartnomasi"ni tuzish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov O‘zA