O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 26 yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022 yil 3 fevralda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi 938-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, N 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1998 yil, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 5, 112-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; 2002 yil, N 4-5, 74-modda; "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, N 5, 152-modda; 2007 yil, N 12, 590, 608-moddalar; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2010 yil, N 5, 178-modda, N 9, 334-modda, N 12, 472-modda; 2012 yil, N 1, 4-modda; 2013 yil, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 12, 341-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 12, 383, 384-moddalar; 2018 yil, N 1, 1-modda, N 10, 676-modda, N 12, 783-modda; 2019 yil, N 5, 265-modda, N 8, 469-modda, N 9, 592-modda, N 11, 792-modda, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 11, 652-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, N 10, 973-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga, shuningdek Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga tayinlanadi";
2) 19-moddaning:
uchinchi qismi "a" bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki 18 yoshdan katta bo‘lsa, agar ular 18 yoshga to‘lguniga qadar nogironligi bor bola bo‘lib qolgan bo‘lsa. Bunda basharti, agar aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa";
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilari va talabalari o‘qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lguniga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega";
3) 37-modda birinchi qismining:
"d" bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"d) I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha bo‘lgan, nogironligi bor bolaga, shuningdek (davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra) o‘zgalarning parvarishiga muxtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt";
"j" bandidagi "ko‘pi bilan 3 yil" degan so‘zlar "ko‘pi bilan 6 yil" degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 47-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
"O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi choralar (karantin) joriy etilganda, agar fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki ular tugatilgandan keyin pensiya tayinlashni so‘rab bir oy ichida murojaat qilgan bo‘lsa, ularga pensiya uni olish huquqi yuzaga kelgan kundan e’tiboran tayinlanadi";
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
5) 53-modda chiqarib tashlansin;
6) 58-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
7) 66-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Ushbu Qonunga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasini shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi. Pensiyalarni to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan transfertlar ajratilishi mumkin".
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 161-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 1-songa ilova; 1997 yil, N 2, 65-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 112, 124-moddalar, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda; 2009 yil, N 12, 470, 471-moddalar; 2010 yil, N 12, 472-modda; 2012 yil, N 9/1, 238-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda; 2015 yil, N 8, 312-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 12, 383-modda; 2017 yil, N 9, 510-modda, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 4-moddalar, N 4, 224-modda, N 7, 431-modda, N 10, 677-modda; 2019 yil, N 1, 3-modda, N 2, 47-modda, N 5, 261, 267-moddalar, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 9, 539-modda, N 10, 593, 595-moddalar, N 12, 691-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, N 8, 797-modda, N 10, 973-modda) 234-moddasining beshinchi qismidagi "uch yil" degan so‘zlar "olti yil" degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda, N 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 4, 156, 164-moddalar, N 8, 367-modda, N 9, 416-modda, N 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, N 4, 192-modda, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda; 2010 yil, N 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011 yil, N 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012 yil, N 4, 106, 109-moddalar, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 5, 130-modda, N 12, 343-modda; 2015 yil, N 8, 310, 312-moddalar; 2016 yil, N 4, 125-modda; 2017 yil, N 4, 137-modda, N 9, 510-modda, N 12, 773-modda; 2018 yil, N 1, 4-modda, N 4, 224-modda, N 7, 433-modda, N 10, 673-modda; 2019 yil, N 3, 161, 166-moddalar, N 5, 267-modda, N 10, 671-modda, N 12, 880, 886-moddalar; 2020 yil, N 1, 3, 4-moddalar, N 10, 593-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, N 8, 801-modda, N 10, 968-modda) 565-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
ikkinchi qismdagi "uchinchi qismida" degan so‘zlar "uchinchi va to‘rtinchi qismlarida" degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
"Avtomototransport vositalari elektron savdo platformasi vositasida elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berilganda ijaraga berish shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlash talab etilmaydi. Bunda elektron onlayn-auksion natijalariga ko‘ra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara shartnomasi kuchiga ega bo‘ladi".
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida"gi 712-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 iyulda qabul qilingan O‘RQ-483-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, N 7, 428-modda; 2019 yil, N 11, 791-modda, N 12, 891-modda; 2020 yil N 1, 1-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) 9-moddasining birinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
"xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlaydi, bundan tashqi savdo bitimlari va xalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida yuzaga kelgan yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlari mustasno";
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019 yil, 12-songa 1-ilova; 2020 yil, N 3, 198-modda, N 10, 593-modda, N 11, 652-modda, N 12, 690, 691-moddalar; 2021 yil, N 1, 6-modda, N 4, 294-modda, 4-songa ilova, N 8, 800-modda, N 9, 901-modda, N 10, 968, 969, 972, 973-moddalar) 483-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
uchinchi qismning birinchi xatboshisidagi "2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar" degan so‘zlar "2021 yil 1 maydan 2022 yil 30 aprelga qadar" degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi qismdagi "2021 yilning 10 oktyabridan 31 dekabriga qadar" degan so‘zlar "2021 yil 10 oktyabrdan 2022 yil 30 aprelga qadar" degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 2-moddasining amal qilishi "O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksi kuchga kirguniga qadar saqlanib qoladi.
Ushbu Qonun 5-moddasining qoidalari 2022 yil 1 yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev