Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolarning OTMda o‘qigan davrlari ish stajiga qo‘shib hisoblanadimi?
19:06 / 2025-09-12

Huquqiy munosabat

Oramizda ayni bir vaqtda ham ishlab, ham o‘qiyotganlar bor. Ularning oliy ta’lim muassasasida o‘qish davrida ish staji qanday hisoblanadi? 

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Aygerim Aripbayeva bu bo‘yicha quyidagicha tushuntirish berdi:

– Mazkur savolga javob berishda qanday turlardagi faoliyat ish staji sifatida qo‘shib hisoblanishini aniqlashtirishimiz lozim. "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi qonunning 37-moddasida ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyat turlari ko‘rsatilgan bo‘lib, ular orasida quyidagicha bandni ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, oliy ta’lim muassasalarida, aspiranturada, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi o‘qish shu jumladan, chet elda o‘qish jarayonlarida staj qo‘shib hisoblanadi.

Bundan kelib chiqadiki, OTMda kunduzgi ta’limda tahsil olish davri ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. Shuningdek, 37-moddaning 2-qismida keltirilishicha, umumiy ish staji kamida 7 yil bo‘lgan taqdirda OTMda o‘qish davri ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. Ammo bu talab nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan fuqarolar uchun qo‘yilmaydi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA