Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolarning davlat organlari bilan munosabatlarida qonun ustuvorligi ta’minlanadi
13:49 / 2025-09-09

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi. Mazkur masala bo‘yicha deputat Sh.Joldasova ma’ruza qildi.

Qayd etilganidek, ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad — fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan munosabatga kirishishda aniq tartib-taomillarni belgilash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat organlari xodimlarining qonunga xilof harakatlaridan himoya qilishdan iborat. Loyihada ma’muriy tartib-taomillarning yagona va shaffof mexanizmi yaratilishiga oid normalar aks etib, bu jarayonlarda korrupsiyaviy holatlar yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan qoidalar kiritilmoqda.  

Ta’kidlanganidek, qonun loyihasi tegishli vazirlik va idoralar vakillari, ekspertlar, huquqshunoslar ishtirokida qizg‘in muhokama qilinib, siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlarning takliflaridan kelib chiqqan holda tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur o‘zgartirishlar huquqni qo‘llash amaliyotida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklar, har xil yondashuvlarning oldini olish, qonun normalarining aniq va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida kiritilib, loyiha takomillashtirildi. Loyihada nazarda tutilayotgan normalar fuqarolarning davlat organlari bilan munosabatlarida qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.  

Ma’ruzachi ikkinchi o‘qish davomida qonun loyihasiga kiritilgan o‘zgarishlar xususida batafsil ma’lumot berdi.  Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi qabul qilinib, Senatga yuborildi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA