Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolarni Rossiyaga tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish masalalari muhokama etilmoqda
19:12 / 2020-12-24

Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, pandemiya vaqtida epidemiologik vaziyatga rioya qilgan holda O‘zbekistondan fuqarolarni tashkillashtirilgan holda Rossiyaga ishga jalb qilish masalalarini muhokama qilish va qator kelishuvlarga erishishi maqsadida ayni kunlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbariyatidan iborat delegatsiya a’zolari ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligida tashkil etilgan uchrashuvda patent olishda talab etiladigan OITS tahlili, sifilis, flyuorografiya, qon tahlili, psixotrop moddalar tahlili kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tibbiy ma’lumotnomani O‘zbekistonda olishni joriy etish yuzasidan vakolatli markazlar ochishning tashkiliy masalalari muhokama etildi.

Ta’kidlash joiz, ayni paytda ushbu jarayonlar Rossiya Federatsiyasida amalga oshiriladi. Ushbu vaqt oralig‘ida fuqaroning ishlashi mumkin emas va tabiiyki, bu jarayon mehnat migrantlaridan ortiqcha vaqt va xarajat talab etadi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasining «Yurinvestxolding» kompaniyasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Rossiya hududidagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Rossiya Federatsiyasining 7 ta hududida O‘zbekiston fuqarolari uchun kasbiy malaka va rus tilini o‘qitish dasturini rivojlantirish hamda 2021 yilda ushbu kurslarga jalb etiladigan fuqarolar qamrovini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi davom etmoqda.