Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolarni AQSHga yuboraman deb aldab, pulini olgan shaxs qo‘lga tushdi
14:06 / 2023-03-31

IIV huzuridagi Tergov departamentidan ma’lum qilishlaricha, fuqarolarni AQSHga yuborishni aytib, aldab, pullarini olib kelgan shaxs qo‘lga olingan.

Samarqand shahrida yashovchi 37 yoshli R.I. ichki ishlar organlariga  ariza bilan murojaat qilib, uni aldab pulini olishgani haqida ma’lum qiladi.  

2019 yil sentyabr oyida 39 yoshli X.A. AQSH davlatiga yuborish bilan shug‘ullanishini, ukasini ham AQSHga yuborishini aytib uni ishontirgan.  

Samarqand shahar Panjob mahallasida joylashgan “Husen bobo” oshxonasi oldida X.A. undan 4,5 ming AQSH dollari olgan. Lekin va’dasini bajarmay, pulni o‘zining ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.  

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida X.A. avval ham bu turdagi jinoyatlarni sodir etgani uchun sudlangani va u ayni vaqtda jazo muddatini o‘tab kelayotgani aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.  

 

O‘zA