Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolarimiz saylovga befarq emas
15:01 / 2019-12-22

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 140-sonli saylov okrugiga qarashli 724-saylov uchastkasida saylovchilar o‘zi munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz bermoqda.

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 140-sonli saylov okrugiga qarashli 724-saylov uchastkasida saylovchilar o‘zi munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz bermoqda.

– Saylov uchastkamizga erta tongdan fuqarolar kelib, saylovda ishtirok etmoqda – deydi 724-saylov uchastkasi komissiyasi raisi Ravshan Rayimjonov. Kunning ertalabki qismidanoq 400 nafar saylovchi kelib, o‘z nomzodiga ovoz bergani fuqarolarimizning saylov jarayoniga befarq emasligidan dalolat. Saylov uchastkamizda jami 1963 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan. Jarayonni xalqaro kuzatuvchilar ham bevosita kuzatib bormoqda. Uchastkamizga 3 kundan buyon hozirgacha 22 ta xalqaro tashkilotlardan vakillar keldi.


– Saylovgacha partiyalar bahslarini televizor orqali bir necha bor ko‘rdim va partiyalar faoliyati haqida ozmi-ko‘pmi bilib oldim, – deydi Umrzoqova Shohsanam. Bugun oilamiz bilan saylovga keldik, nomzodlar tarjimai holini o‘qidim. O‘zim ma’qul deb bilgan nomzodga ovoz berdim.

Shuningdek, bugungi saylovda Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 140-sonli saylov okrugiga qarashli 724-saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Haitov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Boriy Alixonovlar o‘zlari munosib deb topgan nomzodlarga ovoz berdi.