Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abduhalim Xolmaxmatov: Fuqarolarga tazyiq oʻtkazish, qiynoq va boshqa shafqatsiz harakatlarga chek qoʻyiladi
19:41 / 2020-09-19

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida “Respublikada jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish samaradorligini oshirish”ga bagʻishlangan tezkor yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida “Respublikada jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish samaradorligini oshirish”ga bagʻishlangan tezkor yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari A.Xolmaxmatov raisligida onlayn tarzda oʻtkazilgan yigʻilishda Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Sh.Sobirov, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari G.Marufova, tegishli boshqarmalar boshliqlari hamda viloyatlar va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning soha boʻyicha oʻrinbosarlari, tuman (shahar) prokurorlari va ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda A.Xolmaxmatov maʼruza qilib, hozirgi kundagi dolzarb masalalarga eʼtibor qaratdi. Davlatimiz rahbari va xalqimizning asosli noroziligiga sabab boʻlayotgan ogʻriqli muammo – huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan fuqarolarga tazyiq oʻtkazish, urish, doʻpposlash, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi harakatlar sodir etilishiga chek qoʻyilmayotganligiga alohida toʻxtaldi.

Chiroqchi tumani va Andijon shahrida fuqarolar ichki ishlar organi xodimlari tomonidan kaltaklanib, qiynoqqa solinishi oqibatida vafot etgani “ichki ishlar organlari”ning, qolaversa butun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning nomiga ketmas dogʻ tushishiga sabab boʻldi. Endilikda bunday holatlarga chek qoʻyish zarur.

photo_2020-09-19_19-36-57.jpg

Yigʻilishda jinoyatlarni roʻyxatga olish, jinoyatlarni fosh etish va tezkor qidiruv tadbirlarining oʻz vaqtida va toʻlaqonli olib borilishi, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, bu borada prokuror nazoratiga tanqidiy munosabat bildirildi.

Yoshlar va ayollar jinoyatchiligi haqida soʻz yuritilib, mahalla va oilalarda oʻzaro totuvlikni taʼminlash, nizo va ziddiyatlarning bartaraf etilishi samarasizligi huquqbuzarliklarning kelib chiqishiga omil boʻlib xizmat qilayotganligi taʼkidlandi.

Yigʻilishda Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Sh.Sobirov hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari G.Marufovaning axborotlari tinglandi.

Faoliyatda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan hududiy rahbar va masʼul xodimlarning izoh va tushuntirishlari eshitildi.

Yigʻilish yakunida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi va zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi.