Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolarga zamon talablari darajasida xizmat ko‘rsatilmoqda
09:08 / 2024-07-06

Joriy yilning 6 oy davomida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va natijalar sarhisobiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

Tizimda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturini amalga oshirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan davrda boshqarma tomonidan jami 6,5 trillion so‘mlik bojxona to‘lovlari hisoblanib, shundan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 3,2 trillion so‘m imtiyozlar berildi. Qolgan mablag‘lar davlat byudjetiga o‘tkazilishiga erishildi.

Imtiyoz qo‘llanilgan asosiy tovarlar tarkibini transport vositalari va uning ehtiyot qismlari, texnologik asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda turli xomashyolar tashkil etadi. Olti oy davomida 11 milliard 11 million dollardan ortiq bo‘lgan tovarlar xorijiy mamlakatlar bozorlariga yo‘naltirildi. Bu borada asosiy hamkor davlatlar Turkiya, Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Afg‘oniston va Belgiya davlatidir. Asosan, metall va ulardan tayyorlangan buyumlar, meva, sabzavot, transport, uning ehtiyot qismlari, kalava ip, to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan mahsulotlarni tashkil etadi.

Shu davr ichida bojxona postlarida 66 ming 407 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirildi. Tizimda amalga oshirilgan islohotlar tufayli barcha bo‘linma, guruh va bojxona postlarida fuqarolarga zamon talablari darajasida xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda viloyat soha xodimlari tomonidan bojxona to‘lovlarini to‘liq ta’minlash, mahsulotlarni qayta ishlash yo‘nalishini kuchaytirish orqali eksportni ko‘paytirish, xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish choralari ko‘rilmoqda.  

A.Musayev,O‘zA.