French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolarga bepul maslahatlar berildi
14:23 / 2024-03-30

Navoiy shahri va Karmana tumanida O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi, “Yuksalish” umummiliy harakati va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida “Notariuslardan huquqiy bilimlar” aksiyasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

Fuqarolar tomonidan meros masalalari, turarjoy oldi-sotdisi, uni xususiylashtirish va undan foydalanish, turar joyga mulk huquqini tiklash, ko‘chmas mulkning toifasini o‘zgartirish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda berilgan imtiyozlar haqida murojaatlar qilindi.

Shuningdek, tadbirda natariuslar yer uchastkasiga servitut huquqi berish, aliment undirish va aliment to‘lash haqida kelishuvni notarial tasdiqlash, oilaviy, ijtimoiy hamda mehnat munosabatlariga oid ko‘plab savollar yuzasidan huquqiy maslahatlar berishdi.

– Natariuslar tomonidan o‘tkazilayotgan qabulni eshitib keldim, – deydi E’zoza Rustamova. – Notariuslar nikoh shartnomasini rasmiylashtirish tartibi va notarial tasdiqlash uchun undiriladigan to‘lovlar haqida qilgan murojaatim yuzasidan bepul maslahat va tushuntirish berishdi. Eng muhimi, fuqarolarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollar va masalalarga vaqt va mablag‘ sarflamasdan mahallaning o‘zida huquqiy javoblar olishdi.

Ikki kun davom etgan qabulda Notarial palataning Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi, “Yuksalish” umummiliy harakati Navoiy viloyat hududiy bo‘linmasi va “Madad” maslahatlar byurosi xodimlari hamda Navoiy shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan 150 nafarga yaqin fuqaro qabul qilinib, ularning murojaatlari va savollariga atroflicha javoblar qaytarildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri