Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolarga 676 million so‘mdan ortiq kompensatsiya puli undirib berildi
15:31 / 2022-10-04

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 18 nafar fuqaroning uy-joyi tuman hokimiyatining kelishuv bitimiga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzilgan. Biroq, uning kompensatsiya pullari o‘z vaqtida to‘lab berilmagach, masalaga sud orqali yechim izlangan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudining ijro hujjatida tuman hokimligi hisobidan 18 nafar fuqaroga kelishuv bitimiga asosida to‘lab berilmagan 676 million so‘m kompensatsiya undirish belgilangan. 

Mazkur sudning ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi Sherobod tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, majburiy ijro harakatlari olib borildi. Natijada O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalariga asosan ijro hujjati bo‘yicha qarzdor tuman xokimligiga talabnoma yuborilib, hisob raqamlariga inkassa talabnomalari qo‘yildi. 

Shu asosda tuman hokimligi hisobidan ijro hujjatlari bo‘yicha fuqarolar foydasiga 676 million 628 ming so‘m kompensatsiya pullari to‘liq undirib berildi. Ijro hujjatlari belgilangan tartibda ish yurituvidan tugatildi.


Mansur Ismoilov, 
MIB Surxondaryo viloyati 
boshqarmasi katta inspektori