Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolarga 2,4 milliard so‘m undirib berildi
09:43 / 2024-04-11

Majburiy ijro byurosining Andijon viloyati boshqarmasi, uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan murojaatlar bilan ishlash, mazkur jarayonda qonuniylikni ta’minlash, mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan zarur ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilning birinchi choragi davomida Byuroning Andijon shahar bo‘limiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 806 ta murojaat kelib tushgan.  

–Kelib tushgan murojaatlarning 675 tasi belgilangan tartiblar asosida ko‘rib chiqildi, – deydi Byuroning Andijon shahar bo‘limi davlat ijrochisi Nodirabegim Nasibullayeva. – Murojaatlarning 263 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 462 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi.  

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar sohalar bo‘yicha tahlil etilganida, ularning 282 tasi aliment, 363 tasi qarz va zararni undirish, 2 tasi noqonuniy qurilmani buzdirish, 9 tasi xorijga chiqish huquqlarini vaqtincha cheklashni bekor qilish va 61 tasi boshqa masalalarni tashkil etgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida 213 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklanib, ularning foydasiga 2,4 milliard so‘m miqdorida mablag‘ undirib berilgan.

MIB Andijon viloyati boshqarmasi, tuman, shahar bo‘limlari tomonidan murojaatchilarning muammolarini hal etishga qaratilgan yuqoridagi kabi ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda.

F. Ubaydullayev, O‘zA muxbiri