French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolarga 22 million so‘mdan ziyod jarima belgilandi
15:30 / 2023-07-18

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tuzilgan Ishchi guruhi tomonidan Navoiy viloyati Nurota tumani “Istiqlol” va “Temirqovuq” mahallalarida olib borilgan o‘rganishlar davomida 23 nafar fuqaro tomonidan kovrak o‘simligini yig‘ib olishda noqonuniy holatlar aniqlandi.

Jumladan, 19 nafar fuqaro tomonidan “Istiqlol” mahallasi hamda 4 nafar fuqaro “Temirqovuq” mahallasi hududidan belgilangan tartibda ruxsatnoma olmay, sassiq kovrak o‘simligining shirasini olishga tayyorgarlik ishlarini boshlaganligi, o‘simlikning tana qismiga zarar yetkazmagan holda tag qismiga belgi qo‘yib ketayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Kovrak ko‘p yillik o‘t o‘simligi bo‘lib, yer yuzida uning 160 dan ziyod turlari mavjud. U Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston respublikasining qumli cho‘llar, adirlar, tog‘lar va tog‘oldi yalangliklarida, soz tuproqli yerlarda o‘sadi.

Tabiatda sassiq kovrak keng tarqalgan bo‘lib, yelim-smola olinadi. Bu dorivor o‘simlik tabobatda bemor organizmiga ijobiy ta’sir etuvchi biologik faol modda hisoblanadi. Dorivor vositalar sifatida o‘simliklarning ildizi, bargi, po‘stlog‘i, guli, mevasi, shirasi va boshqa qismlaridan foydalaniladi.

Yurtimizda Prezidentimizning 2018 yil 20 martdagi “Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish xamda eksport qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash uyushmasi tashkil etilgan.

Aniqlangan holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddaning 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 22 million 770 ming so‘m jarima belgilandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA